Sun’iy intellektga asoslangan dars dizayni kompetensiyasini rivojlantirish loyihasi 2025
Samarqand davlat pedagogika instituti o‘qituvchilari orasida sun’iy intellektga asoslangan dars dizayni kompetensiyasini rivojlantirish loyihasi
(SamDPI va Koreya Respublikasi Dongguk universiteti hamkorligida amalga oshirildi)
1. Loyiha nomi:
“Capacity Building Project for AI-based Instructional Design Competency among Faculty Members of Samdpi”
2. Hamkor tashkilot:
Dongguk University, Seul, Koreya Respublikasi
3. Grant dasturi:
Koreya Respublikasi Ta’lim vazirligi tomonidan Koreyaning ODA asosidagi Global Ta’limni Qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida moliyalashtirildi.
4. Loyiha muddati:
2025-yil 1-maydan — 2025-yil 31-yanvargacha (9 oy)
5. Loyihaning asosiy maqsadlari:
SamDPI o‘qituvchilarining Generativ Sun’iy Intellekt va EdTech vositalari yordamida dars dizayni ko‘nikmalarini kuchaytirish, hamda barqaror raqamli ta’lim ekotizimini shakllantirish.
6. Loyihaning asosiy faoliyatlari:
- O‘qituvchilarning AI va EdTech vositalaridan foydalanish darajasini o‘rganish
- Moslashtirilgan AI va prompt engineering bo‘yicha trening dasturini ishlab chiqish
- AI asosida dars loyihalash shablonlari va qo‘llanmalarni yaratish
- Trening natijalarini raqamlashtirish va onlayn platformaga joylashtirish
- Onlayn o‘quv hamjamiyatini tashkil qilish
- Barcha materiallarni o‘zbek, rus va ingliz tillariga tarjima qilish
7. Kutilayotgan natijalar:
- SamDPI o‘qituvchilari mustaqil ravishda AI va EdTech yordamida dars rejalari tuza oladi
- Trening materiallari SamDPI o‘quv dasturlariga integratsiya qilinadi
- Koreya va O‘zbekiston o‘rtasida ta’limiy hamkorlik mustahkamlanadi
- Yaralgan model boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlariga ham tatbiq etiladi
8. Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash:
Loyiha to‘liq Koreya Respublikasi tomonidan moliyalashtiriladi. Moliyalashtirish transport, yashash, trening materiallari, tashakkur sovg‘alari va ma’muriy xarajatlarni qamrab oladi.
9. Moliyalashtirish miqdori:
70,000,000 KRW (to‘liq Koreya hukumati tomonidan moliyalashtiriladi)
