- 2024-08-21
Tomsk davlat pedagogika universiteti (Rossiya)
2023-yil 24-may kuni O‘zbekiston-Finlandiya Pedagogika Instituti va Rossiyaning Tomsk Davlat Pedagogika Universiteti o‘rtasida muddatsiz hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ushbu hamkorlik pedagogika sohasida zamonaviy metodlarni rivojlantirish va o‘qituvchilarning malakasini oshirishga qaratilgan. Tomsk Davlat Pedagogika Universiteti bilan hamkorlik O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish va rus pedagogik tajribasini tatbiq etishga yordam beradi. Hamkorlik doirasida o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslari, seminarlar va treninglar tashkil etish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, pedagogik metodlarni rivojlantirish va yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Ilmiy-tadqiqot sohasida, birgalikda ilmiy maqolalar chop etish, ilmiy konferensiyalarda ishtirok etish va yangi tadqiqot loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Tomsk Davlat Pedagogika Universiteti bilan hamkorlik, pedagogik texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy qilish orqali ta’lim tizimini takomillashtirish maqsad qilingan.