- 2024-03-11
Turku universiteti
Finlyandiyaning pedagog kadrlar tayyorlashdagi ilg‘or tajribasi asosida hududda pedagogika soha va tarmoqlarining rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalari, shuningdek, zamonaviy texnika hamda texnologiyalarning rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda pedagogika sohasi bo‘yicha tarbiya va o‘qitish usullari, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega professional oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash maqsadida, Finlyandiyaning yetakchi va nufuzli oliy ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribasini tatbiq etish asosida malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish, o‘quv va ilmiy-metodik ta’minotni takomillashtirish va amaliyotga joriy etish maqsadida Finlandiyaning Turku universiteti bilan hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yildi. 2023-yilda 12-iyul kuni Turku universiteti hamda O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o'rtasida anglashinuv memorandumi imzolandi. Ushbu universitet bilan hamkorlikda turli xil loyihalar amalga oshirilmoqda.