• Kirish

Nantong universiteti (Xitoy)

  • 2024-08-21
Nantong universiteti (Xitoy)

2024-yil 18-yanvar kuni O‘zbekiston-Finlandiya Pedagogika Instituti va Xitoyning Nantong Universiteti o‘rtasida 5 yillik hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ushbu shartnoma ta’lim sohasidagi ko‘plab istiqbollarni qamrab oladi, xususan, qo‘shma ta’lim dasturlari va professor-o‘qituvchilar uchun stajirovkalar tashkil etishga yo‘naltirilgan. Nantong Universiteti bilan hamkorlik, ikki tomonlama ilmiy va akademik aloqalarni rivojlantirishga, shuningdek, pedagogik va ilmiy tadqiqotlar sohasida yangi yondashuvlarni amalga oshirishga yordam beradi.

Xususan: – Maktabgacha ta’lim, san’atshunoslik va tarix yo‘nalishlarida bakalavr va magistratura bosqichida tahsil oluvchi talabalari uchun qo‘shma ta’lim dasturlari yaratish rejalashtirilgan. Bu dasturlar xalqaro ta’lim standartlariga mos ravishda ishlab chiqilib, talabalar uchun yangi bilim va ko‘nikmalarni taqdim etadi. – Professor-o‘qituvchilar uchun stajirovkalar tashkil etish ko‘zda tutilgan. Ushbu stajirovkalar orqali o‘qituvchilar xalqaro tajribani o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishadi va pedagogik metodlarni takomillashtirishda yordam beradi. – Xitoy tilini o‘qitish markazini tashkil etish rejalashtirilgan. Bu markaz orqali talabalarga va o‘qituvchilarga xitoy tilini o‘rgatish, madaniyatlararo tushunishni rivojlantirish va yangi bilimlarni olish imkoniyatlari taqdim etiladi.

Ushbu hamkorlik doirasida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish, va birgalikda ilmiy maqolalar chop etish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda, Nantong Universiteti bilan aloqalar intensiv tarzda davom etmoqda va yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.

BIZ BILAN BO'LING