Sayt test rejimda ishlamoqda !!!
  • Kirish

Nantong universiteti

  • 2024-04-19
Nantong universiteti

2024-yil 18-yanvar kuni Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti va Xitoyning Nantong universiteti oʻrtasida hamkorlik oʻrnatildi hamda memorandum imzolandi. 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shaxzoda Negmatova Xitoyga uyushtirgan safari davomida  Nantong universiteti rektori Weidong Wang bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda bir qator yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Xususan,
– maktabgacha taʼlim, sanʼatshunoslik va tarix yo‘nalishlarining bakalavr hamda magistratura bosqichida tahsil oluvchi talabalari uchun qoʻshma taʼlim dasturlarini ochish;
– professor-oʻqituvchilar uchun stajirovkalarni yoʻlga qoʻyish;
– shuningdek, xitoy tilini oʻqitish markazini tashkil etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
Hozirgi kunda ushbu Xitoy universiteti bilan hamkorlik aloqalari davom etmoqda.

BIZ BILAN BO'LING