Sayt test rejimda ishlamoqda !!!
  • Kirish

Vuhan sport universiteti

  • 2024-04-20
Vuhan sport universiteti

 

2023-yil 16-dekabr kuni O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti va Vuhan sport universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida memorandum imzolandi.

Ushbu universitet bilan quyidagi sohalarda hamkorlik qilish belgilab olingan:

Sport pedagogikasi mutaxassisligi bo‘yicha bakalavriat va magistratura talabalari uchun mo‘ljallangan qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish. Ushbu dasturlar akademik tajribani boyitish va talabalarga har tomonlama o'rganish imkoniyatlarini taqdim etishga qaratilgan.
Sport ta’limi sohasida professor-o‘qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish va bilim almashishga ko‘maklashishga qaratilgan stajirovkalarni amalga oshirish.
Xitoy tilini o‘rgatish, til bilimini oshirish va talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida madaniyatlararo tushunishni rivojlantirishga qaratilgan sport ta’lim markazini tashkil etish.
Ushbu universitet bilan hamkorlikda   o'zaro maqsadlarga erishish va xalqaro miqyosda sport ta'limini rivojlantirishga hissa qo'shish maqsad qilingan.

BIZ BILAN BO'LING