Kutubxona

Kutubxona

Samarqand davlat pedagogika institutining Axborot resurs markazi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-sentabrdagi 552-son qaroriga asosan ish faoliyatini olib boradi.
Axborot resurs markazi ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni olib borish, kasbiy bilimlarni egallashga ko‘maklashuvchi adabiyotlarning keng kitobxonlar doirasiga yetkazilishini ta’minlash; professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatilishi, axborot ishlari, ko‘rgazmalar, vitrinalar hamda boshqa eng faol va ta’sirchan kitob targ‘iboti tadbirlarining tashkil etish hamda nazoratni amalga oshirish; jamoat tashkilotlari bilan birgalikda jamoada tarbiyaviy ishlarni olib borish, xodimlarning malakasini oshirishga ko‘maklashish kabi vazifalarni bajaradi.

ARMning umumiy kitob fondi:
Umumiy kitob fondi – 21160 nomda 139820 nusxada.
Shundan, oʻquv adabiyotlari – 9621 nomda 96841 nusxada;

  • shundan;  darsliklar – 6040 nomda 51751 nusxada;
  • o‘quv qo‘llanmalar -3581 nomda 45090 nusxada;
  • ilmiy adabiyotlar – 6452 nomda 22198 nusxada;
  • badiiy adabiyotlar – 1936 nomda 5713 nusxada;
  • xorijiy adabiyotlar –  159 nomda 1025 nusxada;
  • boshqa turdagi adabiyotlar – 2980 nomda 13998 nusxada
  • Brayl yozuvidagi adabiyotlar  12 nomda  45nusxada mavjuddir.

Bugungi kunda ARM fondidagi oʻquv va ilmiy adabiyotlarni skaner qilish orqali uni elektron shaklga oʻtkazish ishlari olib borilmoqda. Bu vazifani bajarish orqali ARM fondi toʻliq inventarizatsiya qilinmoqda va ularning elektron shakli yaratilmoqda.  ARM fondining oʻzbek, tojik tillardagi fondi 100% roʻyxatdan oʻtkazildi va elektronlashtirildi. Hozirgi kunda rus tilidagi fondning 85-90% i roʻyxatdan oʻtkazildi, elektronlashtirildi.
Yil davomida professor-oʻqituvchilarimiz tomonidan chop etilgan oʻquv adabiyotlar, monografiyalar va uslubiy qoʻllanmalar ARM fondiga sovg‘a tariqasida taqdim etildi va ularga qabul qilinganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomalar taqdim etildi. Adabiyotlar: 16 nomda 129 nusxada darslik, 38 nomda 203 nusaxa o‘quv qo‘llanmalar, 15 nomda 68 nusxa uslubiy qo‘llanma va 8 nomda 36 nusxani monografiyalar taqdim etildi.
Institut professor-o’qituvchilari, mutaxasislari tomonidan konferensiyalarga, malaka oshirishga borgan MDH davlatlari, Malayziya, Turkiya davlatlari  Oliy ta’lim muassasalari tomonidan taqdim etilgan xorijiy tildagi  olib kelingan adabiyotlarni  ARM fondiga dalolatnoma asosida topshirgan. Bu adabiyotlar 180 nomda 180 nusxani tashkil qiladi. Ushbu adabiyotlardan institut mutaxassislari, tadqiqotchilari ilmiy ishlari uchun foydalanib kelmoqdalar. ARM oʻzining elektron katalogini IRBIS dasturiy ta’minot asosida yaratmoqda. Bugungi kunda elektron katalog koʻrsatgichi 8614 nomdani tashkil etmoqda va bu jarayon muntazam davom etmoqda.Institut tadqiqotchilari, ilmiy izlanuvchilari, assisentlari tomonidan ilmiy kengashda himoya qilayotganlarning dissertatsiya va avtoreferatlari (17 nomdagi dissertatsiya va 30 nomdagi avtoreferatlar) ARM fondiga qabul qilinib, rasmiylashtirib ro‘yxarga olinmoqda.
1-bosqich talabalarini ARMga a’zo qilish ishlari olib borildi. Bunda buyruq asosida a’zo qilingan talabalar soni ‒ 1589 nafarni tashkil qiladi. ARMga a’zo boʻlgan:   jami ‒ 7592  tani taskil qilgan, bundan  talabalar soni ‒ 7218 nafar; oʻqituvchilar soni ‒ 262 nafar; xizmatchi xodimlar soni – 69 nafar.  Magistrlar soni  - 41 nafarni tashkil etadi. 
https://library.samdpi.uz/ platformasiga a’zo boʻlgan kitobxonlar soni ‒ 15881tani, joylahtirilgan resurslar soni 23808 tani tashkil qiladi.
https://unilibrary.uz O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalarining yagona elektron kutubxona axborot tizimi bo‘lib barcha oliy ta’lim muassasalarining o‘quv adabiyotlari, monagrafiyalari, disertatsiyalari va ilmiy maqolalalari jamlangan. Samaqrqand davlat pedagogika instituti ARM tomonidan hozirgi kunda platformaga 16174 ta fondida mavjud resurs joylashtirilgan.
Oʻquv yilining boshlanishi munosabati bilan institut professor oʻqituvchilari, xodimlari va talabalari uchun kutubxonaga yangi qabul qilingan badiiy va oʻquv adabiyotlar koʻrgazmasi tashki etilib kelinmoqda.
Joriy yil davomida 954 nomda 9741 nusxada 450 910 360 so’m 04 tiyindagi  o’quv adabiyotlar, monografiyalar, ilmiy, badiiy va boshqa adabiyotlar ARM fondiga xarid qilindi.  Jami qabul qilingan kitoblar 978 nomda 10326 nusxani tashkil qiladi.
ARMda  ko‘rgazmalar mavzularga bag’ishlab targʻibot-tashviqot ishlari va tadbirlar muntazam ravishda olib borilmoqda.