• Kirish

Talabalarimiz Turkmanistonda oʻtkazilgan "OMOUS-2024" olimpiadasi sovrindori boʻldi

  • 2024-03-08
  • 1467
Talabalarimiz Turkmanistonda oʻtkazilgan "OMOUS-2024" olimpiadasi sovrindori boʻldi

     Joriy yilning 3-8-mart kunlari Turkmaniston ta'lim vazirligi tashabbusi bilan Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universitetida oliy ta'lim muassasalari talaba-yoshlari o'rtasida xalqaro ochiq matematika "OMOUS-2024" olimpiadasi bo'lib o'tdi.

     Unda Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti amaliy matematika va fizika fakulteti talabalari ham munosib ishtirok etib, yakkalik bahslarda 2 ta bronza, jamoaviy bahslarda ham bronza medalini qo'lga kiritdi. Shuning bilan talabalarimiz ochiq matematika "OMOUS-2024" olimpiadasi sovrindorlari safidan joy oldi.

     Olimpiada sovrindorlari va ularning ustozlarini ushbu yutuq bilan qutlaymiz!

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

BIZ BILAN BO'LING