Shahzoda Negmatova Istanbul universiteti huzuridagi Turkshunoslik tadqiqotlari instituti professori Shafoaddin Deniz bilan uchrashdi

  • 2026-04-08
  • 1606

Shahzoda Negmatova Istanbul universiteti huzuridagi Turkshunoslik tadqiqotlari instituti professori Shafoaddin Deniz bilan uchrashdi Mazkur uchrashuv davomida tomonlar kelgusidagi ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini atroflicha muhokama qildilar. Xususan, magistrantlar va talabalar uchun XV asr oxiri — XVI asr boshlarida Turkistonda hokimiyat uchun kurash (Temuriylar, Shayboniylar va Safaviylar davri)ga oid ilmiy ma’lumotlar hamda manbalarni taqdim etish yo‘nalishlari belgilab olindi. Suhbat jarayonida ushbu tarixiy davrga oid ishonchli manbalar, zamonaviy ilmiy adabiyotlar va istiqbolli tadqiqot yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, yosh tadqiqotchilar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan takliflar ilgari surilib, ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim kelishuvlarga erishildi.

Share This Post