- 2026-04-10
- 1154
Samarqand davlat pedagogika instituti hamda Belarus davlat pedagogika universiteti o‘rtasida Zoom platformasi orqali dastlabki hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida tomonlar ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy loyihalar ishlab chiqish va xalqaro grantlarda birgalikda ishtirok etish imkoniyatlarini atroflicha ko‘rib chiqdilar. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda o‘zaro tajriba almashish orqali ta’lim sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha aniq reja va yo‘nalishlarni ishlab chiqishga kelishib oldilar. Uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli hamkorlikni bosqichma-bosqich rivojlantirish hamda kelgusida amaliy loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.



