- 2026-04-13
- 1447
Samarqand davlat pedagogika instituti Polshaning Gdansk universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
Samarqand davlat pedagogika instituti Polshaning Gdansk universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi 🖌 Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi doirasida Samarqand davlat pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova hamda Polshaning Gdansk universiteti rektori Piotr Stepanovskiy o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hamkorlik doirasida ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida o‘zaro aloqalarni rivojlantirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida imzolangan memorandum ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.





