- 2026-04-15
- 1361
Samarqand davlat pedagogika instituti va Qozog‘iston Milliy ayollar universiteti o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanmoqda
Qozog‘iston Milliy ayollar universiteti delegatsiyasi Samarqand davlat pedagogika institutiga amaliy tashrif buyurdi. Tashrif doirasida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida avval imzolangan memorandum asosida muzokaralar o‘tkazildi. Uchrashuv jarayonida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan, talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish va ularni rivojlantirish masalalari batafsil muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro aloqalarni mustahkamlash hamda hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan kelishuvga erishdilar.





