Samarqand davlat pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova Bombey texnologiyalar instituti Xalqaro hamkorlik departamenti boshlig‘i professor Sudarshan Kumar bilan uchrashdi.

  • 2026-04-16
  • 2206

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik doirasida bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar hamda istiqbolda bajarilishi rejalashtirilgan vazifalarni atroflicha muhokama qildilar. Shuningdek, tomonlar o‘rtasida imzolanishi ko‘zda tutilgan anglashuv memorandumi va hamkorlik shartnomalari yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha infografika ishlab chiqildi. Bundan tashqari, hamkorlik doirasida xorijiy tillarni o‘qitish, ingliz adabiyoti, iqtisodiyot hamda musiqa yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi bir qator professor-o‘qituvchilar bilan ham uchrashuvlar tashkil etildi.

Share This Post