Samarqand davlat pedagogika instituti, Samarqand startap inkubator markazi hamda Janubiy Koreyaning Keimyung kollej universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

  • 2026-04-20
  • 1511

Mazkur hamkorlik Samarqand davlat pedagogika instituti, “SSIC-Markaz” va “KMCU” o‘rtasida o‘zaro ishonch, hamjihatlik va manfaatdorlik tamoyillariga asoslanib, inkubator faoliyatini yo‘lga qo‘yish, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda inson resurslarini rivojlantirishga qaratilgan. Memorandum doirasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilandi: — Inkubator markazida Samarqand viloyati yoshlarining tadbirkorlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish; — Yosh tadbirkorlarni biznes-reja ishlab chiqish va loyihalarni amaliyotga joriy etishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash; — O‘zbek va koreys yoshlari ishtirokida qo‘shma seminarlar, treninglar va mahorat darslarini tashkil etish; — Startaplar yo‘nalishida ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish hamda uni mahalliy amaliyotga tatbiq etish; — Innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish maqsadida xalqaro va mahalliy grantlar hamda investitsiyalarni jalb etish. 🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida uch tomonlama memorandum imzolandi.

Share This Post