Samarqand davlat pedagogika instituti hamda V.G. Korolenko nomidagi Glazov davlat muhandislik-pedagogika universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

  • 2026-04-21
  • 1730

Samarqand davlat pedagogika instituti Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Oybek Ahmedov V.G. Korolenko nomidagi Glazov davlat muhandislik-pedagogika universiteti rektori Chigovskaya–Nazarova Yanina Aleksandrovna hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Kubasova Tatiana Yurevna bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Jumladan, talabalar va professor-o‘qituvchilar akademik almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda pedagog kadrlar tayyorlash borasida tajriba almashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish, ta’lim sifatini oshirish hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama etildi. ➡️ Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi. Mazkur hujjat kelgusida samarali hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda ta’lim va ilm-fan sohasida yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Share This Post