- 2026-05-08
- 1545
Xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Shahzoda Negmatova Qozog‘iston Respublikasining Samarqand shahridagi Bosh konsuli Sharipov Talgat Sagyntaevichni qabul qildi. Uchrashuv davomida ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar o‘rtasida akademik mobillikni kuchaytirish, ta’lim va ilm-fan sohasidagi aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama etildi. ➡️ Shuningdek, tomonlar istiqboldagi qo‘shma loyihalar va o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.
