Samarqand davlat pedagogika instituti va Turkiyaning Giresun universiteti o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

  • 2026-05-12
  • 665

Ayni paytda Samarqand davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi mudiri Elbek Abdumannatov hamda xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari Chexrangiz Asadova va Maftuna Axmadovalar Giresun universitetida xizmat safarida bo‘lib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida qator uchrashuv va muzokaralarda ishtirok etmoqda. ➡️ Muloqotlar davomida universitet rektori Yılmaz Can, Pedagogika fakulteti dekani Güven Özdem hamda Turk tili va adabiyoti bo‘limi boshlig‘i Osman Albayrak bilan istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Tomonlar o‘rtasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi: professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi dasturlarini kengaytirish hamda akademik mobillik tizimini takomillashtirish; ingliz tili yo‘nalishida bakalavriat va pedagogika yo‘nalishida magistratura bosqichlari uchun “1+1” shaklidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish; pedagog kadrlar malakasini oshirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda xorijiy tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini birgalikda o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish. ➡️ Muzokaralar yakunida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish hamda qo‘shma ilmiy-ta’limiy loyihalarni kengaytirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.

Share This Post