- 2026-05-13
- 1296
Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova Turkiyaning Ordu universiteti rektori, professor Orhan Baş boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv davomida Oʻzbekiston va Turkiya o‘rtasidagi tarixiy do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlash hamda oliy taʼlim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Tashrif doirasida ikki mamlakat va oliy taʼlim muassasalari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik ramzi sifatida professor Orhan Baş tomonidan institut hududiga daraxt ko‘chati ekildi.





