- 2026-05-13
- 1286
Shahzoda Negmatova Ordu universiteti rektori Orhan Başga Samarqand davlat pedagogika instituti "Faxriy professori" unvonini topshirdi.
Ushbu yuksak e’tirof ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi samarali hamkorlik, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, professor-o‘qituvchilar almashinuvi hamda akademik aloqalarning izchil rivojlanishi yo‘lidagi faol va samarali sa’y-harakatlar natijasi sifatida taqdim etildi. Tadbir davomida Shahzoda Negmatova faxriy mehmonni tabriklab, ushbu unvon ilm-fan va ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashi, kelgusida esa uni yangi va yanada yuqori bosqichlarga olib chiqishiga ishonch bildirdi. Shuningdek, delegatsiya a’zolariga Samarqand ruhini aks ettiruvchi, institut talabalari tomonidan tayyorlangan milliy hunarmandchilik namunalari esdalik sovg‘a sifatida topshirildi.









