- 2026-05-15
- 1163
Malayziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Universiti Teknikal Malaysia Melaka (UTeM) bilan xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda.
Joriy yilning aprel oyida Samarqand davlat pedagogika instituti delegatsiyasi Malayziyadagi yetakchi texnik universitetlardan biri hisoblangan UTeMga borgandi. Mazkur universitet Malayziyaning ilk texnik davlat universiteti bo‘lib, muhandislik, axborot texnologiyalari, innovatsion tadqiqotlar hamda zamonaviy texnologiyalar yo‘nalishlarida yuqori salohiyatga ega oliy ta’lim muassasasi sifatida e’tirof etiladi. ➡️ Ayni kunlarda Buxoro shahrida o‘tkazilayotgan Asian Women’s Forum 2026 — Osiyo xotin-qizlarining II forumi doirasida Samarqand davlat pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova hamda UTeM rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish, akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda talabalar uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlarini oshirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. ❗️ Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 16-may kuni Universiti Teknikal Malaysia Melaka (UTeM) rahbariyatining Samarqand davlat pedagogika institutiga amaliy tashrifi kutilmoqda.


