- 2026-05-15
- 1110
SamDPIda Rossiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Samarqand davlat pedagogika institutiga Moskva shahar pedagogika universitetining Tabiatshunoslik va sport texnologiyalari instituti Ilmiy-tadqiqot markazi direktori, biologiya fanlari doktori, professor Yelena Yuryevna Fyodorovna hamda Moskva ijtimoiy pedagogika institutining ilmiy ishlar va loyihalar, ta’lim sifatini nazorat qilish va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektori Aleksey Vladimirovich Korshunovlar tashrif buyurdi. ➡️ Uchrashuv davomida tomonlar ilmiy va xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, tayanch doktorantura yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, akademik mobillik dasturlarini kengaytirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashdilar.



