- 2026-05-16
- 1031
Bugun Samarqand davlat pedagogika institutiga Malayziyaning Universiti Teknikal Malaysia Melaka prezidenti, professor Datuk Ts. Dr. Massila Kamalrudin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Mehmonlarni institut rektori, professor Shahzoda Negmatova kutib oldi hamda delegatsiyani institutda faoliyat yuritayotgan zamonaviy ilmiy-amaliy markazlar, o‘quv laboratoriyalari, milliy san’at va hunarmandchilik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan ijodiy ustaxonalar faoliyati bilan tanishtirdi. ➡️ Tashrif davomida mehmonlar institutning iqtidorli talabalari tashabbusi bilan tashkil etilgan Volontyorlar markazi faoliyati, talabalar tomonidan amalga oshirilayotgan startap loyihalar hamda yoshlarning ijodiy chiqishlari bilan yaqindan tanishdi.









