- 2026-06-04
- 53
Samarqand davlat pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova Turkiyaning Ordu universiteti professori, tarix fanlari doktori Murat ÖZKAN hamda Kahramanmaraş universiteti tarix fanlari doktori, dotsent Hikmet DEMIRCI ni qabul qildi.
Samarqand davlat pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova Turkiyaning Ordu universiteti professori, tarix fanlari doktori Murat ÖZKAN hamda Kahramanmaraş universiteti tarix fanlari doktori, dotsent Hikmet DEMIRCI ni qabul qildi. Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda xalqaro akademik aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama etildi. Shuningdek, muzokaralar yakunida Samarqand davlat pedagogika instituti hamda Turkiyaning Ordu universiteti hamkorligida islom sivilizatsiyasi, uning ilm-fan, madaniyat va ma’naviyat taraqqiyotidagi o‘rniga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro simpoziumni tashkil etish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.



