- 2026-06-05
- 60
Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova Hindistonning Bombey Texnologiyalar instituti professori Azizuddin Khanni qabul qildi.
Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova Hindistonning Bombey Texnologiyalar instituti professori Azizuddin Khanni qabul qildi. Uchrashuv davomida psixologiya sohasida zamonaviy ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, ilmiy yondashuvni kuchaytirish hamda ushbu yo‘nalishdagi innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, psixologiya yo‘nalishida ilmiy va amaliy faoliyatni samarali yo‘lga qo‘yish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.






