- 2026-06-10
- 46
Samarqand davlat pedagogika instituti prorektori Alibek Gapparov Xitoyda o‘tkazilayotgan xalqaro seminar-treninglarda ishtirok etmoqda
Ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Shenyan pedagogika universiteti hamkorligida “Vazirlik tizimidagi mutaxassis va talabalarni Xitoyda malakasini oshirish” grant loyihasi doirasida xalqaro seminar-treninglar tashkil etilmoqda. Unda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining rahbar xodimlari qatorida Samarqand davlat pedagogika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Alibek Gapparov ham ishtirok etmoqda.
Shuningdek, u Liaoning, Chansha va Syantan provinsiyalarida o‘tkazilayotgan “Ta’lim sohasidagi rahbarlarning boshqaruv kompetensiyalarini takomillashtirish” mavzusidagi seminar-treninglarda ham faol qatnashmoqda.
Seminar-treninglar davomida ishtirokchilar ta’lim tizimini samarali boshqarish, strategik rejalashtirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish, raqamli transformatsiya jarayonlarini amalga oshirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi ilg‘or tajribalar bilan tanishmoqda.
Mazkur xalqaro loyiha oliy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish va xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.









