- 2026-11-09
- 67
Samarqand davlat pedagogika institutida navbatdagi işçi apparat yiğilişi ötkazildi
Samarqand davlat pedagogika instituti rektori Şahzoda Negmatova raisligida navbatdagi işçi apparat yiğilişi bölib ötdi.
Yiğilişda Özbekiston Respublikasi Boş vazirining birinçi örinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimovning davlat oliy ta’lim muassasalari rektorlari iştirokida ötkazilgan uçraşuvida bir qator yönalişlar böyiça belgilangan ustuvor vazifalar va topşiriqlarning institutdagi ijrosi hamda ularni amalga oşiriş bilan boğliq masalalar körib çiqildi. Xususan, murojaatlar bilan işlaş va ijro intizomi, ta’lim sifati va bitiruvçilar bandligi, talabalarning yaşaş şaroitlari, energiya tejamkorligi, xalqaro hamkorlik hamda kadrlar bilan işlaş masalalariga e’tibor qaratildi.
Dastlab, murojaatlar bilan işlaş va ijro intizomiga qat’iy rioya etiş, topşiriqlarning öz vaqtida va sifatli bajarilişini ta’minlaş, talabalar tomonidan kontrakt tölovlarini öz vaqtida amalga oşiriş hamda mavjud qarzdorliklarni bartaraf etiş masalalari yuzasidan tegişli körsatmalar berildi. Şuningdek, rektor va prorektorlar tomonidan har oyda, dekanlar, kafedra mudirlari hamda Registrator ofisi tomonidan esa har ikki haftada talabalar, ularning ota-onalari va fuqarolar uçun sayyor qabullar ötkaziş belgilandi.
Ta’lim sifati va bitiruvçilar bandligini ta’minlaş, öquv dasturlarini takomillaştiriş, Axborot-resurs markazi fondidagi eskirgan adabiyotlarni yangilaş masalalariga ham töxtalib ötildi. Şu bilan birga, vazir tomonidan ta’kidlanganidek, pedagogika oliy ta’lim muassasalarining amaliyot maydonlari va laboratoriyalari sifatida maktabgaça ta’lim taşkilotlari hamda umumta’lim maktablaridan samarali foydalaniş zarurligi qayd etildi.
Ilmiy faoliyat va xalqaro hamkorlik yönalişlarida ilmiy tadqiqotlar samaradorligi va institutning ilmiy salohiyatini oşiriş, xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş, xalqaro grant loyihalarida faol iştirok etiş, xorijda malaka oşirib qaytgan professor-öqituvçilarning tajribasidan ta’lim va ilmiy jarayonlarda samarali foydalaniş, Scopus xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasidagi jurnallarda maqolalar çop etiş körsatkiçlarini yaxşilaş böyiça vazifalar belgilandi. Şuningdek, institutda faoliyat yuritayotgan uçta spin-off korxonasining iş samaradorligini oşiriş, faoliyatini rivojlantiriş va imkoniyatlarini keng tarğib qiliş masalalari körib çiqildi.
Talabalar uçun munosib yaşaş şaroitlarini yaratiş, xususan, talabalar turar joylari va ijara xonadonlaridagi şaroitlarni nazorat qiliş masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Ijara xonadonlaridagi isitiş va elektr tizimlarining sozligi, xavfsizlik talablariga rioya etilişi, kuz-qiş mavsumida is gazidan zaharlaniş va boşqa noxuş holatlarning oldini oliş böyiça profilaktik işlarni kuçaytiriş zarurligi ta’kidlandi. Örganişlar davomida xavfsizlik talablariga javob bermaydigan ijara xonadonlarini aniqlaş, ularda yaşayotgan talabalarni xavfsiz joylarga köçiriş, ota-onalar va mahalla bilan hamkorlikni kuçaytiriş yuzasidan tegişli topşiriqlar berildi.
Şuningdek, energiya resurslaridan oqilona foydalaniş va energiya tejamkorligini ta’minlaş, kadrlar bilan işlaş, professor-öqituvçilar salohiyatidan samarali foydalaniş, ularning kasbiy va ilmiy rivojlanişini qöllab-quvvatlaş masalalari yuzasidan körsatmalar berildi.
Yiğiliş yakunida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlaş yuzasidan amalga oşiriladigan işlar, mas’ullar va muddatlar belgilab olindi. Topşiriqlar ijrosini tizimli taşkil etiş va natijalar samaradorligini muntazam nazorat qilib boriş zarurligi ta’kidlandi.
