- 2025-03-29
- 5175
Rektor va talabalar uchrashuvi

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova pedagogika va jismoniy madaniyat fakultetining bitiruvchi bosqich talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida talabalar tomonidan “4+2” amaliyot jarayonlari hamda bitiruvchilarning ishga joylashish ko‘rsatkichlari muhokama qilindi. Professor Shahzoda Negmatova Prezidentimiz tomonidan pedagogika va jismoniy madaniyat sohalariga qaratilayotgan alohida e’tibor hamda yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, sportchilarimizning respublika, Osiyo va jahon miqyosida erishayotgan yutuqlari e’tirof etildi.
Bundan tashqari, bitiruvchilarning bandligini ta’minlash va ularni mehnat bozoriga integratsiya qilish maqsadida O‘zbekiston Milliy banki hamda O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o‘rtasida “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida hamkorlik memorandumi imzolanganligi ma’lum qilindi. Ushbu loyiha tashabbuskor va bilimli talabalar uchun keng imkoniyatlar yaratishi alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida rektor bitiruvchi bosqich talabalarga muvaffaqiyat tilab, bo‘lajak pedagog va sportchilarning yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishlari, shuningdek, davlatimiz bayrog‘ini doimo yuksaklarga ko‘tarib yurishlari lozimligini ta’kidladi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati