• Kirish

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti BZT Turon akademiyasi bilan hamkorlik qiladi

  • 2024-02-23
  • 2437
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti BZT Turon akademiyasi bilan hamkorlik qiladi

     Bugun institut rektori Shahzoda Negmatova Ozarbayjon-Turkiya hamkorligida tashkil etilgan BZT Turon akademiyasi direktori, Turk dunyosi ijtimoiy tadqiqotlar izlanuvchilari markazi rahbari Niyamaddin Shukurov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

     Uchrashuv davomida ilmiy hamkorlikni yo’lga qo’yish, professor-o’qituvchilarning malakasini oshirish, xalqaro ilmiy jurnallarda birgalikda maqolalar nashr qilish kabi bir qator masalalar yuzasidan kelishuvga erishildi. 

     O’zaro aloqalarni mustahkamlash maqsadida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. 

     Shuningdek, delegatsiya rahbari Niyamaddin Shukurov va a’zolari - Turkiyaning Egey universiteti professori Aylin Go'ztash hamda Ozarbayjon milliy ilmlar akademiyasi ilmiy tadqiqotchisi Ferahila Babayevalarga maxsus esdalik sovg’alari topshirildi.

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

BIZ BILAN BO'LING