• Kirish

O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Turkiyaning Egey universiteti bilan hamkorlik qiladi

  • 2024-02-23
  • 3350
O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Turkiyaning Egey universiteti bilan hamkorlik qiladi

Institut rektori Shahzoda Negmatova Turkiyaning Egey universiteti vakili, professor Aylin Go'ztash bilan uchrashuv o'tkazdi. 

Unda ikki oliy ta'lim muassasasi o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish yuzasidan muhim masalalar muhokama etildi. 

Xususan, oliy ta'lim muassasalari o'rtasida akademik hamkorlikni yo'lga qo'yish, kelgusida professor-o'qituvchilar va talabalar uchun almashinuv dasturlari yuzasidan fikrlar almashildi. 

O'zaro hamkorlikni mustahkamlash uchun ikki oliy ta'lim muassasasi o'rtasida memorandum imzolandi.

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

BIZ BILAN BO'LING