E'lonlar

  • 2025-08-05
  • 5842
  • Samarqand shahar Spitamen shoh ko'chasi 166-uy
Hurmatli abituriyentlar va ularning ota-onalari!
Hurmatli abituriyentlar va ularning ota-onalari!

Farzandingizning yetuk mutaxassis, yurtimiz kelajagi — yosh avlodga ta’lim-tarbiya beruvchi fidoyi pedagog bo‘lishini istaysizmi? Unda to‘g‘ri tanlov — Samarqand davlat pedagogika instituti Siz uchun eng munosib maskan!

❗️ Institutimizda tahsil olayotgan talabalar uchun zamonaviy, qulay va sifatli ta’lim olish hamda har tomonlama rivojlanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan:

✅ Xalqaro va zamonaviy ta’lim standartlariga moslashtirilgan o‘quv tizimi
✅ Ilmiy daraja va unvonga ega yuqori malakali professor-o‘qituvchilardan tahsil olish imkoniyati
✅ Xorijiy professor-o‘qituvchilardan ta’lim olish imkoniyati
✅ Respublika va xalqaro tanlovlar, grant loyihalar hamda musobaqalarda ishtirok etish imkoniyati
✅ Eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan o‘quv auditoriyalari, kompyuter xonalari, sport zallari, o‘quv va STEAM laboratoriyalari, innovatsion inkubatsiya markazlari hamda chet tili xonalari
✅ Talabalar uchun barcha qulayliklarga ega yotoqxonalarda yashash imkoniyati
✅ Darsdan bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish uchun turli to‘garak va klub faoliyatlarida qatnashish imkoniyati

📘 Institutimizda bakalavriat bosqichida kunduzgi va kechki ta’lim shakllarida 30 ta yo‘nalish, magistratura bosqichida esa 20 ta yo‘nalish bo‘yicha tahsil olish imkoniyati mavjud.

✅ Siz ham farzandingizning porloq kelajagi uchun ishonchli qadam tashlang!

⚡️ Samarqand davlat pedagogika instituti — ta’lim, tarbiya va muvaffaqiyat yo‘lida ishonchli hamroh!

Share This Post