- 2025-08-15
- 6816
- Samarqand shahar Spitamen shoh ko'chasi 166-uy
Hurmatli talaba qizlar!

📢 Sizni YUNESCO'ning 2024–2025 yillardagi qatnashuv dasturi doirasida amalga oshirilayotgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi tomonidan taqdim etilgan "Fan va sun’iy intellekt, ma’lumotlar bazasi sohasida qizlar va yosh ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish" loyihasida ishtirok etishga taklif qilamiz!
📌 Loyiha doirasidagi kurs:
"Ma’lumotlar fani va Sun’iy intellekt asoslariga o‘qitish"
📚 Kurs davomida siz:
✔️ Data science va sun’iy intellekt asoslarini o‘rganasiz
✔️ Amaliy mashg‘ulotlar orqali ko‘nikma hosil qilasiz
✔️ Mentorlardan individual yordam olasiz
✔️ Kursni muvaffaqiyatli tamomlaganingizda mahalliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lasiz
💸 Kurs 100% bepul
👩💻 Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:
✔️ O‘zbekistonning AKT yo‘nalishiga ixtisoslashgan OTMlarida tahsil olayotgan
✔️ 3- yoki 4-bosqichda o‘qiyotgan talaba qizlar
📝 Tanlovda qatnashish uchun so'rovnomada qatnashing👇
So'rovnoma 2 bo‘limdan iborat:
1. Shaxsiy ma’lumotlar bo‘limi
2. Texnik savollar – (Python bo'yicha boshlang'ich bilimlar)
🔗 Ishtirok etish uchun so'rovnoma havolasi:
👉 https://presenter.jivrus.com/p/1ygKpJ0qPnZpiKtvU8dUfcJlm21AMXXL1rIZ8KMRPslc