• Kirish

Iqtdorli talabalar

Munira Choriyeva

  • Munira Choriyeva
  • 2023-11-22

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika institutining shaxmat boʻyicha chempion talabasi oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi 

Jismoniy madaniyat, sport va maktabgacha ta'lim fakulteti talabasi Munira Choriyeva yaqinda Samarqandda ilk bor tashkil etilgan "Talaba - qizlar forumi"da sportning "shaxmat" turi bòyicha ishtirok etib, faxrli birinchi oʻrinni egalladi. 

«– Shaxmat bilan 10 yildan beri shugʻullanib kelaman, - deydi Munira Choriyeva. – Bu sportga kirishimga ota-onam sababchi boʻlgan. Bu sport hozirgi kunda hayotimning bir qismiga aylanib ulgurdi. 

Shaxmat taxtasi – hayot maydoni. Unda shoh yoki piyoda boʻlishni oʻzingiz tanlaysiz. 

Oʻyinda shunday gap bor, bir vazir boʻlib egri yurgandan, bir piyoda boʻlib toʻgʻri yurgan afzal.
Bu shiorga amal qilaman. Hayotdagi insonlar ham piyoda kabi, barcha yuqori choʻqqilarga erishish uchun tinimsiz mehnat qilib qiyinchiliklardan oʻtsagina farzinga aylanadi. Insonlar ham xuddi shunday yuqori natijalarga erishishini piyodadan boshlab, tepaga chiqadi, deb oʻylayman. Shaxsan oʻzim, piyoda figurasini yoqtiraman».

Maʼlumot uchun, Munira Choriyevaga shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempioni Iroda Hamroqulova ustozlik qilib keladi. 

Talabamizning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz!

BIZ BILAN BO'LING