Nemirova Mariya Veniyaminovna
- 2025-11-25
Rus tili va adabiyoti kafedrasi
Nemirova Mariya Veniyaminovna — Samarqand davlat pedagogika institutining iqtidorli va faol talabasi. U o‘quv, ilmiy, ijodiy va loyiha faoliyatida o‘zini ko‘rsatib, turli darajalarda yuqori natijalarga erishib kelmoqda.
Erishgan yutuqlari:
-
Rektor stipendiyasi nomzodi;
-
Rus tili va adabiyoti bo‘yicha institutlararo olimpiada g‘olibi — 1-o‘rin, 2025-yil;
-
Institutlararo talabalar ilmiy anjumani g‘olibi — 1-o‘rin, 2025-yil;
-
Xalqaro IV Derjavin rus tili olimpiadasi g‘olibi — 2-o‘rin, 2025-yil;
-
Pedagogika va filologiya sohasida to‘plamlar hamda xalqaro ilmiy jurnallarda nashr etilgan 3 ta ilmiy maqola muallifi;
-
“Korrupsiya — kelajakka tahdid” nomli startap loyihasi tanlovi ishtirokchisi, 2025-yil;
-
“Elektr energiyasini tejash yo‘li” nomli startap loyihasi ishtirokchisi, 2025-yil;
-
Moskva hukumati tomonidan yosh vatandoshlar uchun tashkil etilgan “Spikerlar ligasi” madaniy-ma’rifiy tadbiri ishtirokchisi;
-
Institutda o‘tkazilgan “Maslenitsa” bayramiga bag‘ishlangan tadbirda ijodiy yo‘nalish (vokal ijrochiligi) ishtirokchisi;
-
IT-mutaxassisi (kompyuter injiniringi) diplomi sohibasi, 2024-yil.
Ushbu yutuqlar Nemirova Mariya Veniaminovnaning yuqori intellektual salohiyati, ijodiy faolligi va professional rivojlanishini, shuningdek, institutning ilmiy va ta’lim faoliyatiga qo‘shayotgan hissasini yaqqol namoyon etadi.
