Iqtdorli talabalar

Sattorova Fotima Sharif qizi

  • Sattorova Fotima Sharif qizi
  • 2025-11-25

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi

Sattorova Fotima Sharif qizi — Samarqand davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishining iqtidorli va faol talabasi. U ilmiy izlanishlar, startap, innovatsion texnologiyalar hamda turli tanlovlarda yuqori natijalarga erishgan.

Erishgan yutuqlari

  • Navoiy nomli stipendiya nomzodi;

  • Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan Respublika olimpiadasi fakultet bosqichida 1-o‘rin sohibasi (institutlararo);

  • "Mening start-up loyiham – 2025" tanlovi qatnashchisi;

  • "Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida “Flipped Classroom” texnologiyasidan foydalanish" mavzusidagi hamda yo‘nalishi bo‘yicha 15 ga yaqin maqola va tezislar (shundan 7 tasi OAK) muallifi;

  • "Ta’lim sohasida psixologik tadqiqotlar va boshlang‘ich ta’limda innovatsion texnologiyalar" respublika ilmiy-amaliy anjumani ishtirokchisi (2025-yil);

  • "1Steduvision: Global Innovations in Learning and Teaching" xalqaro konferensiya ishtirokchisi;

  • Kiberxavfsizlik o‘quv kursi bitiruvchisi;

  • "Korrupsiyasiz – kelajak" nomli startap loyihasi muallifi;

  • "Yurtim qadriyatlari" respublika ko‘rik-tanlovi hududiy bosqichida 1-o‘rin (jamoaviy) va mintaqaviy yarim finalda 3-o‘rin (jamoaviy) sohibasi;

  • Institut talabalar ilmiy anjumanida faxrli I darajali diplom sohibasi;

  • "Umumlashgan Koshi–Riman sistemasi uchun Koshi masalasi" dasturi uchun DGU guvohnoma muallifi;

  • "Ma’rifat maydoni" respublika ko‘rik-tanlovi 1-o‘rin (institut bosqichi, 2024-yil);

  • Turk tilidan milliy sertifikat (B1) sohibasi;

  • O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi volontyori.

Ushbu natijalar Sattorova Fotima Sharif qizining ilmiy salohiyati, innovatsion fikrlashi, pedagogik kompetensiyasi va jamoatchilikdagi faolligini namoyon etadi. U institutning eng iqtidorli yoshlaridan biri hisoblanadi.

BIZ BILAN BO'LING