Norkulova Jasmina Sodikovna
- 2025-11-26
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi
Norkulova Jasmina Sodikovna — Samarqand davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishining iqtidorli, faol va tashabbuskor talabalaridan biridir. U ilmiy, startap, ijodiy va ijtimoiy yo‘nalishlarda yuksak natijalarga erishib, institut va viloyat miqyosidagi loyihalarda muntazam faol ishtirok etib kelmoqda.
Erishgan yutuqlari
-
Rektor stipendiyasi sohibasi;
-
“Yil talabasi – 2025” tanlovining “O‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talaba” nominatsiyasi 3-o‘rin sohibasi;
-
“Mening startup g‘oyam – 2025” tanlovi g‘olibi;
-
“Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari” insholar tanlovida 3-o‘rin sohibasi;
-
“Jadid bilimdoni” tanlovi g‘olibi;
-
“Mening yurtim” esselar tanlovi g‘olibi;
-
Voleybol sport turi bo‘yicha institut talabalari o‘rtasidagi musobaqada 2-o‘rin g‘olibi;
-
“Milliy qadriyatlar” videoroliklar tanlovi institut bosqichida 2-o‘rin sohibasi;
-
Ona tili fanida raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish metodikasi bo‘yicha 15 ga yaqin maqola va tezislar (jumladan OAK maqolalari) muallifi;
-
O‘zbekiston Milliy Iqtisodiy Hamkorlik Uyushmasi Samarqand viloyati a’zosi;
-
“Qizlar ovozi” klubi Samarqand viloyati volontyori;
-
Against Human Trafficking Every 30 (AHTE30) xalqaro loyihasining Samarqand viloyati ishtirokchisi;
-
“Samarqand volontyorlar maktabi”ning 14-mavsum ishtirokchisi.
Ushbu yutuqlar Norkulova Jasmina Sodikovnaning ilmiy salohiyati, ijtimoiy faolligi, startap g‘oyalari bilan tashabbuskorligi hamda pedagogik sohadagi raqamli texnologiyalarni o‘zlashtirishdagi yuksak qobiliyatini namoyon etadi.
