G‘aniyeva Nasiba Nuraliyevna
- 2026-01-30
Tabiiy fanlar fakulteti, biologiya yo‘nalishi
G‘aniyeva Nasiba Nuraliyevna — tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo‘nalishining iqtidorli, ilmiy-ijodiy faol hamda innovatsion tashabbuslari bilan ajralib turadigan talabalaridan biridir. U o‘quv jarayoni bilan bir qatorda ilmiy-tadqiqot, startap loyihalar va jamoatchilik faoliyatida ham faol ishtirok etib kelmoqda.
Erishgan yutuqlari
- Rektor stipendiyasi nomzodi;
- Biologiya fanidan olimpiada ishtirokchisi;
- “МЕТОДЫ НАУЧНОГО ИССЛЕДОВАНИЯ И ИХ РОЛЬ В ФИЛОЛОГИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЯХ” mavzusidagi ilmiy maqola muallifi;
- 2025-yilda tashkil etilgan “INNOWEEK–2025” innovatsion haftaligi ishtirokchisi;
- “Ta’lim jarayonida biologiya fanini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish metodikasi” nomli OAK ro‘yxatiga kiritilgan ilmiy maqola muallifi;
- “Mening startap loyiham – 2025” tanlovi g‘olibi;
- “Yashil maktab” Respublika jamoat birlashmasining Samarqand viloyati a’zosi;
- “Eko-paper” ekologik-ijtimoiy startap loyihasi bo‘yicha institut bosqichi g‘olibi;
- “BioPlastLab” nomli innovatsion startap loyihasi muallifi;
- “Taxonomic Composition and Diversity of Nematode Communities Associated with Hawthorn (Crataegus spp.) Rhizospheres in Water-Influenced Biocenoses of the Qoratepa Mountain Massif” nomli ilmiy maqolasi Scopus bazasiga kiruvchi nufuzli jurnalda nashr etilgan.
Ushbu yutuqlar G‘aniyeva Nasiba Nuraliyevnaning biologiya sohasidagi chuqur bilimlari, ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishi hamda innovatsion va ekologik tashabbuslardagi faol ishtirokini yaqqol namoyon etadi.
