Iqtdorli talabalar

Hamroyev Adham Ikromjon o‘g‘li

  • Hamroyev Adham Ikromjon o‘g‘li
  • 2026-01-30

Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (geografiya) mutaxassisligi yo‘nalishi

Hamroyev Adham Ikromjon o‘g‘li — aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (geografiya) yo‘nalishining iqtidorli, ilmiy-ijodiy faol hamda fan olimpiadalari va metodik ishlarda yuqori natijalarga erishib kelayotgan talabalaridan biridir. U o‘quv jarayoni bilan bir qatorda ilmiy-tadqiqot, o‘quv-metodik ishlanmalar va jamoatchilik faoliyatida ham faol ishtirok etib kelmoqda.

Erishgan yutuqlari

  • Prezident stipendiyasi nomzodi;
  • 2024–2025-o‘quv yillarida “Ma’naviy-ma’rifiy ishlarda faol va a’lochi talaba” sifatida bir necha bor faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan;
  • 2022–2023, 2023–2024 va 2024–2025-o‘quv yillarida O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti tomonidan tashkil etilgan “Geografiya” fan olimpiadalarida faxrli 1-o‘rinni egallagan;
  • 2024-o‘quv yilida “Geografiyadan raqamli ma’lumotlar” [Matn] nomli uslubiy qo‘llanma muallifi (Samarqand: “Biling-ilmiy faoliyat” nashriyoti, 2024, 76 bet);
  • 2023–2024 va 2024–2025-o‘quv yillarida “Ulug‘bek vorislari” Respublika ko‘rik-tanlovining 2 karra final ishtirokchisi;
  • 2025-o‘quv yilida “Geografiyani o‘qitishda innovatsion metodlar” nomli o‘quv-metodik qo‘llanma muallifi (Samarqand: “ACCESS SERVICE” nashriyoti, 2025, 74 bet);
  • “Geografiya darslarida interaktiv o‘qitish usullari va ularning samaradorligi” mavzusida hamda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha 15 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar (shundan 5 tasi OAK ro‘yxatidagi nashrlarda) muallifi;
  • 2024-yilda ingliz tili bo‘yicha milliy sertifikat (B1) sohibi;
  • 2025-yil 3-dekabrda Qozog‘iston Respublikasining Petropavlovsk shahrida geografiya va ekologiya fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro masofaviy olimpiadada Samarqand davlat pedagogika instituti geografiya ta’lim yo‘nalishi talabalari jamoasi tarkibida ishtirok etib, jamoaviy hisobda faxrli III o‘rinni, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari orasida esa I o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Ushbu yutuqlar Hamroyev Adham Ikromjon o‘g‘lining geografiya fanini o‘qitish metodikasi sohasidagi chuqur bilimlari, ilmiy izlanishlarga bo‘lgan intilishi hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion faoliyatini yaqqol namoyon etadi.

BIZ BILAN BO'LING