Abdug'afurova Rayxona Shuhratjon qizi
- 2025-11-12
Boshlang'ich ta’lim yo'nalishi
Abdug'afurova Rayxona Shuhratjon qizi — Samarqand davlat pedagogika institutining iqtidorli, faol va tashabbuskor talabasidir. U ta’lim va ijod sohasida faol ishtirok etib, institut hamda respublika miqyosidagi turli tanlovlarda munosib natijalar qayd etdi.
E’tirof etilgan yutuqlar
- Rektor stipendiyasi nomzodi;
- “Eng yaxshi ESSE – 2022” tanlovida 1-o‘rin sohibi;
- “Ma’rifat maydoni” Respublika ko‘rik-tanlovining institut bosqichida 1-o‘rin;
- “Teatr – 2024” tanlovining institut bosqichida 1-o‘rin;
- “Yurtim qadriyatlari” Respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichida 3-o‘rin;
- “Ma’rifat maydoni” Respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichida 3-o‘rin;
- “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining mintaqaviy bosqichida 1-o‘rin;
- “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining yarim final bosqichida 2-o‘rin;
- “Ona tili o‘qitish metodikasi” fanidan Talabalar Respublika olimpiadasi — institut bosqichi 2-o‘rin g‘olibi.
Ushbu yutuqlar Abdug'afurova Rayxona Shuhratjon qizining bilim, ijodkorlik va sahna mahoratini namoyon etadi hamda institutimiz nomini munosib himoya qilishiga xizmat qiladi.
