Iqtdorli talabalar

​​​​​​​Jumanov Hasan Nasritdin o‘g‘li

  • ​​​​​​​Jumanov Hasan Nasritdin o‘g‘li
  • 2025-11-12

Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi

Jumanov Hasan Nasritdin o‘g‘li — Samarqand davlat pedagogika instituti Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishining iqtidorli va faol talabalaridan biridir. U o‘qish davomida yuksak faolligi, tashabbuskorligi hamda huquqiy va ilmiy dunyoqarashi bilan ajralib turadi.

Erishgan yutuqlari

  • Rektor stipendiyasi nomzodi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida tashkil etilgan “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi ishtirokchisi;
  • Samarqand viloyati Konstitutsiyaviy huquq fan olimpiadasida 2-o‘rin sohibi;
  • “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi” shiori ostidagi olimpiada ishtirokchisi;
  • “Davlat va huquq tarixi” fan olimpiadasining faxrli g‘olibi;
  • “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining “Shashka” yo‘nalishi bo‘yicha institut saralash bosqichida 3-o‘rin sohibi;
  • Institutda o‘tkazilgan “Milliy qadriyatlar” tanlovining 2-o‘rin sohibi;
  • “Biotexnologik evolyutsiya taraqqiyoti jarayonida biotexnogen va koevolyutsion rivojlanish oqibatlari tahlili” mavzusida ilmiy maqolalar chop etgan.

Ushbu yutuqlar Jumanov Hasan Nasritdin o‘g‘lining ilmiy va ijodiy faoliyatdagi salohiyatini, shuningdek, huquqiy tafakkur va ma’naviy qadriyatlarni uyg‘unlashtirgan yosh avlod vakili sifatida shakllanayotganini ifodalaydi.

BIZ BILAN BO'LING