Soibova Ohista Sodiqjon qizi
- 2025-11-12
Matematika va informatika mutaxassisligi
Soibova Ohista Sodiqjon qizi — Samarqand davlat pedagogika instituti Matematika va informatika mutaxassisligining iqtidorli va faol talabalaridan biri. U o‘qish davomida ilmiy, ijodiy hamda xalqaro miqyosdagi loyihalarda faol ishtirok etib, quyidagi yutuqlarga erishgan:
Erishgan yutuqlari
- Rektor stipendiyasi nomzodi;
- “Sharq Taronalari – 2024” xalqaro festivali ishtirokchisi;
- Ingliz tili bo‘yicha B2 darajadagi milliy sertifikat sohibasi;
- “Pi” olimpiadasida qatnashib 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa a’zosi;
- “Geometriyaning tasviriy san’atdagi o‘rni” nomli rasmlar tanlovining 2-o‘rin sohibasi;
- 11th North Countries Universities Mathematical Competition olimpiada g‘olibasi;
- “30 Problem and 30 Solution” loyihasi tashkiliy guruh a’zosi;
- Matematika bo‘yicha 10 dan ortiq maqolalari xalqaro va mahalliy jurnallarda chop etilgan;
- “Bir Million Dasturchi” bo’yicha 2024–2025 maxsus sertifikatlar egasi.
Ushbu yutuqlar Soibova Ohista Sodiqjon qizi o‘zining fidoyiligi, ilmga bo‘lgan muhabbati va tashabbuskorligi bilan nafaqat institut, balki xalqaro miqyosda ham Samarqand davlat pedagogika institutining nufuzini yuksaltirib kelayotganini namoyon etadi.
