• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
  • Kirish

Markazlar va bo'limlar

Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi

Abduraimov Abdulqosim Xudoyberdi o'g'li

E-pochta: qosimxonali@gmail.com
Telefon raqam: +998 88 920 04 25
Fax: +998 88 920 04 25
Manzil: Samarqand sh, Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Qabul kunlari: Dushanba–Shanba soat 8:00 dan 16:00 gacha

Vazifalari

Institutning Axborot texnologiyalari markazi O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5349-son farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2018-yilfevraldagi 08/1-580-son topshirig‘i asosida faoliyat olib boradi.
   Markaz institutning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, ta’lim muassasasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshiradi.
Markaz o‘z faoliyatini O‘zbekistan Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekistan Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishilariga, O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining hay’at qarorlari va buyruqlari, institut Ustavi, Kengashi qarorlari, institut direktorining buyruqlariga muvofiq olib boradi.
Quyidagilar markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
• Oliy ta’lim muassasasida axborot xavfsizligiga paydo bo‘layotgan taxdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida oliy ta’lim muassasasi rahbariyatini xabardor qilish, shuningdek, axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatadi;
• “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘i boshqaruvi faoliyatini tashkil etadi va nazoratini olib boradi;
• institutdagi mavjud kompyuter texnologiyalarining dasturlarining to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish;
• kompyuterlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazib turish va ta’mirlash ishlarini tashkil qilish;
• kompyuter operatorlari ishini nazorat kilish;
• institut kompyuter zaxirasini zamonaviy kompyuterlar hisobiga oshirish va mavjud kompyuterlarni takomillashtirib borish;
• institutda Internet tarmog‘i, (E-mail) elektron pochta xizmatlarini talab darajasida ishlashini nazorat qilib borish, habar va yangiliklarni o‘z vakdida qabul qilinishi va tarqatilishini nazorat qilish;
• institutning nusxa ko‘paytirish dastgoxlarining ishini nazorat qilish, ta’mirlash va ko‘rikdan o‘tkazib turishni nazorat qilish;
• institutning elektron o‘qitish bo‘yicha olib boriladigan barcha ishlariga rahbarlik qilish hamda elektron o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha mahalliy va xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalar o‘rnatish;
• saqlanayotgai hamda aloqa kanallaridan uzatilayotgan ma’lumotlarni ruxsat etilmagan tashriflar, modifikatsiyalar, soxtalashtirishlar va yo‘qotishlardan himoyalash;
• axborot uzatishning zamonaviyligi va haqqoniyligini ta’minlash;
• axborot xavfsizligiga ichki va tashqi tahdidlarni aniqlash;
• axborot uzatishning zamonaviyligi va haqqoniyliginini ta’minlash;
• dasturiy vositalarni ruxsat etilmagan modifikatsiyalashtirish hamda yo‘qotishlardan himoyalash;
• operatsion tizimlar va ularda ishlatiladigan amaliy dasturlar (amaliy masalalarni echish uchun) va dasturiy vositalar ishchi holatini nazorat qilish, ish holati buzilganda qayta tiklash;
• saqlanayotgan, qayta ishlanayotgan va aloqa kanallaridan uzatilayotgan tarqalishi cheklangan axborotning tarqalib ketishidan himoyalash;
• ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar uchun apparat, dasturiy va axborot resurslardan foydalanish imtiyozini berish;
• ximoyalangan resurs va tarmoq xizmatlari bilan ishlagan foydalanuvchilarnitizim jurnalida ro‘yxatdan o‘tkazish hamda foydalanuvchining xatti-harakatining to‘g‘riligini ushbu jurnalni davriy tahlili asosida nazoratda ushlash;
Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, ularning dasturiy ta’minotini va soz holatda ishlashini hamda axborot xavfsizligini ta’minlashda:
  • kompyuterlardagi mavjud texnik va dasturiy muammolarni bartaraf etish va takrorlanishining oldini olishga qaratilgan chora • tadbirlarni amalga oshirish;
  • o‘quv jarayonida kompyuter texnikasi va texnologiyasidan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar kiritish;
  • kompyuter o‘quv xonalariga va kompyuterlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, javobgar shaxslarni belgilash hamda kompyuter o‘quv xonalaridan samarali foydalanishni nazorat qilish;
  • tarkibiy bo‘linmalarda foydalanilayotgan kompyuterlarning tizim va ofis dasturlarini o‘rnatish va yangilab borish;
  • mavjud kompyuterlarga o‘quv jarayoni uchun zaruriy dasturiy vositalarni o‘rnatish hamda kompyuter texnika vositalariga xizmat ko‘rsatish;
  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalaiish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-uslubiy va amaliy seminarlar tashkil etish;
b) institut internet tarmog‘idan samarali foydalanishni tashkil etish, korporativ va lokal tarmoq ishlashini nazorat qilishda:
  • o‘quv binolaridagi mavjud tarmoq qurilmalarini (serverlar, svichlar) doimiy ishlab turishini ta’minlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
  • kompyuterlarni lokal tarmoqqa ulash va lokal tarmoqda ishlashini nazorat qilish;
  • kompyuterlarga virusga qarshi (antivirus) dasturlarini o‘rnatish va ularning yangilab borilishini ta’minlash;
  • o‘quv binolariga o‘rnatilgan videokuzatuv tizimining doimiy ishlashini nazorat qilib borish;
  • tarkibiy bo‘linmalarga lokal tarmoqning texnik va dasturiy vositalari bo‘yicha uslubiy va texnik yordam ko‘rsatish;
  • internet tarmoqqa ulanish yuzasidan provayderlar bilan tegishli tartibda shartnomalarni rasmiylashtirish yuzasidan institut rahbariyatiga takliflar kiritish;
  • xodim va talabalarni Internet tarmog‘idan samarali foydalanishini ta’minlash hamda nazorat qilish;
  • Internet tarmog‘iga ulanish hamda dasturiy va texnik tarmoqlararo ekran orqali Internet tarmog‘ini doimiy ishlashini nazorat qilish hamda turli xavflarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
v) rasmiy veb -sayt va elektron pochta xizmatini takomillashtirish va doimiy faol ishlashini, interaktiv xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlashda:
  • tarkibiy bo‘linmalarda faoliyat olib borayotgan xodimlarning institut elektron pochta xizmati bilan ta’minlash va ularni elektron pochtadan to‘g‘ri foydalanishlarini kuzatib borish;
  • rasmiy veb-saytni takomillashtirib borish va axborot xizmati tomonidan institut faoliyatiga oid berilgan ma’lumotlarni o‘z vaqdida joylashtirish;
  • veb-sayt orqali ko‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlarni doimiy ishlab turishini va yangilanib borilishini ta’minlash;
g) institut axborot tizimlarini global tarmoqqa integratsiyasini ta’minlash, ta’lim jarayonini avtomatlashtirish, elektron ilmiy -metodik bazani shakllantirish va doimiy yangilab borilishini tashkil etishda:
  • o‘quv jarayonini avtomatlashtirish bo‘yicha mavjud dasturlarni rivojlantirish hamda ulardan samarali foydalanishni nazorat qilish;
  • global axborot -huquqiy va ta’lim resurslariga ulanishni hamda ularni muntazam yangilab borilishini tashkil etish;
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va joriy etilgan maxsus dasturlarni institutga tegishli ma’lumotlar bilan o‘z vaqtida to‘ldirib borilishini ta’minlash;
  • institutda joriy etilgan elektron xujjatlar almashinuvi tizimidan samarali foydalanishni nazorat qilish;
  • elektron ta’lim resurslar bazasini yaratish va uni to‘ldirib borilishini nazorat qilish hamda reestrini yuritish;
  • yangi avlod adabiyotlarining elektron variantlarini yaratishga dasturiy va texnik yordam ko‘rsatish;
  • yaratilayotgan elektron darsliklar bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borilishini nazorat qilish;
  • Markaz o‘z zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
  • institutning tarkibiy bo‘linmalaridan bo‘lim faoliyatiga taalluqli materiallar va ma’lumotlarni so‘rab olish;
  • institut faoliyatini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan, o‘zining iste’dodi va bilimini namoyon qila olgai, jamoat ishlarida faol ishtirok etgan, turli sohalarda yutuqlarga erishgan, fidoiylik namunasini ko‘rsatgan bo‘lim xodimlarini rag‘batlantirish yuzasidan institut rahbariyatiga takliflar kiritish;
  • zarur hollarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish qoidalariga va axborot xavfsizligiga rioya qilmagan rahbar va mas’ul xodimlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan intizomiy jazo choralarini ko‘rish yuzasidan institut rahbariyatiga takliflar kiritish;
  • markaz faoliyatiga doir hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lish mumkin.
Markaz:
  • institut Kengashining qarorlari va rektorining buyruqlarida markazga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlashga;
  • institut rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishga;
  • faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori samaradorlikni ta’minlashga, institut tadbirlarida faol ishtirok etishga;
  • o‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga;
  • jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari uchun belgilangan tartibda shaxsiy qabullarni tashkil qilishga;
  • mehnat va ijro intizomi hamda xizmat vazifalariga rioya qilishga, yillik ish rejalarning bajarilishini ta’minlashga;
  • institut ichki tartib-qoidalari, odob -axloq qoidalari, Talabalar turar joyi ichki tartib-qoidalariga rioya etishga majbur.
  • markazga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.