Sayt test rejimda ishlamoqda !!!
  • Kirish

Markazlar va bo'limlar

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi

Dilshodbek Khudoyberdiev

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig'i
E-pochta: dilshodbekkhudoyberdiev@gmail.com
Telefon raqam: +998906561924
Fax: +998906561924
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Qabul kunlari: Dushanba-Shanba (09:00-17:00 )

Vazifalari

Fakultet kafedralar uchun iqtidorli yoshlar bilan ishlash dasturlarini yaratish;
Talabalar bilan seminar-treninglar olib borish, iqtidorli talabalarni taqdirlash;
Respublikani ilmiy muassasalari, markazlari va tarkibiy qismlari bilan iqtidorli talabalari bilan ishlash bo‘yicha birgalikdagi ilmiy kurslarni tashkil etish maqsadida ijodiy aloqalarni o‘rnatish va mustahkamlash;
Iqtidorli yoshlar bilan yillik ishlarni rejalashtirish;
Nufuzli Respublika va xalqaro konkurslar o‘tkazish uchun iqtidorli yoshlarni tanlab olish;
 Institut miqyosida va respublika olimpiadalari uchun talabalarni tanlab olish ishlarini olib borish;
 Ish beruvchining rahbariyatiga ta’lim jarayonida aniqlangan barcha kamchiliklar haqida xabar beradi, ularning sabablarini tushuntiradi, shuningdek ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritadi.
O‘ziga bo‘ysinuvchi xodimlar uchun xizmat vazifalarini belgilaydi va ularning bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘radi.
Moddiy javobgar shaxslarni va boshqa lavozimlarga o‘tkazishlarni. Ular bilan mehnat munosabatlarini bekor qilishni kelishib oladi.
Maxfiy axbarotni sir tutadi hamda o‘z ishi haqida, Ish beruvchining faoliyati haqidagi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga fosh qilmaydi.
O‘z ishida Ish beruvchining Ustaviga, Ish beruvchining buyruqlari va farmoyishlariga bo‘ysunadi, mazkur lavozim Yo‘riqnomasiga va Ichki mehnat tartibi qoidalariga qat’iy rioya qiladi.
 Huquqlari
            Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i quyidagi huquqlarga ega:
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori nomidan harakat qilib, boshqa Oliy ta’lim muassasalari bilan Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish yo‘nalishi bo‘yicha o‘zaro munosabatlariga institutning manfaatlarini ko‘zlab harakat qilish.
Ish beruvchining rahbariyati muhokamasiga Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati jarayoniga oid faoliyatini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish.
            Ish beruvchining rahbariyati muhokamasiga:
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi xodimlarini lavozimga tayinlash, boshqa joyga o‘tkazish va turgan lavozimidan ozod etish haqida taqdimotlarni;
 Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishning ishda o‘zini ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirish, mehnat intizomini buzgan xodimlarni moddiy va intizomiy javobgarlikka tortish haqida taklif kiritish.
Rahbariyatdan (boshqa rahbarlardan)  Iqtidorli talabalrning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘ining mazkur lavozim yo‘riqnomasida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish va huquqlardan foydalanishda yordam ko‘rsatishni talab qilish.
  Javobgarlik
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘ining Ish beruvchining oldida quyidagilarga javobgar:
 Mazkur Lavozim yo‘riqnomasida nazarda tutilgan o‘z lavozim vazifalarini bajarmaganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi amaldagi mehnat haqidagi qonunchiligi tomonidan belgilangan chegaralarda.
 O‘z faoliyati lavozimida yo‘l qo‘ygan huquqbuzarliklar uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi ma’muriy, jinoiy va fuqarolik qonunchiligi tomonidan belgilangan chegaralar.
Ish beruvchiga yetkazilagan moddiy zarar uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi ma’muriy, jinoiy va fuqarolik qonunchiligi belgilangan chegaralar.
Yakuniy xolatlar
 Mazkur Lavozim yo`riqnomasiga Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i taklifi bo‘yicha Ish beruvchining rahbariyati tomonidan o‘zgartirishlar yoki qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
 Ish beruvchining rahbariyati o‘z tashabbusi bilan Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i bilan kelishmasdan mazkur Lavozim yo‘riqnomasiga o‘zgartirishlar yoki qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega.
 Lavozim yo‘riqnomasi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish Lavozim yo‘riqnomasining yangi tahririni tasdiqlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda amaldagi Yo`riqnoma uning yangi tahriri tasdiqlangan kundan boshlab o‘z kuchini yo‘qotadi.
Mazkur lavozim yo‘riqnomasi ikki nusxada tasdiqlanadi, ulardan bittasi imzo chektirib Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘iga ishda qo‘llash uchun beriladi, ikkinchi nusxasi Ish beruvchining kadrlar xizmatida saqlanadi.