Sayt test rejimda ishlamoqda !!!
  • Kirish

Markazlar va bo'limlar

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi

Isobek Chilmamatovich Shermanov

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig'i
E-pochta: shermanov1983@mail.ru
Telefon raqam: +998 93-347-63-22
Fax: +998 93-347-63-22
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Qabul kunlari: Seshanba, Payshanba (14:00-15:00)

Vazifalari

Vazifalari
  • Bo‘lim faoliyatini O‘zbekistan Respublikasining qonunlari, O`zbekistan Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va farmoyishlari hamda ta’limga oid boshqa amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar, Inspeksiya boshlig‘i va OTM rektori buyruq va ko‘rsatmalari asosida tashkil etish;
  • Bo‘limning joriy va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqish;
  • Ta’lim yo`nalishlari va mutaxassisliklarning DTS, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;
  • OTMda ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv- uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish;
  • OTM talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish;
  • Ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;
  • Kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;
  • OTMni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish, natijalari bo`yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni OTM rektoriga hamda Inspeksiyaga taqdim etish;
  • Ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;
  • Ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;
  • OTMning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo`nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo`yicha OTM rahbariyatiga takliflar kiritish;
  • OTM professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan faniga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo`yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish va xulosalarni institut rektoriga ma’lum qilish;
  • Ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;
  • OTMda talabalar amaliyotining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;
  • Inspeksiyaning topshirig‘iga binoan OTMlar reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda, o‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘lik jarayonlarda ishtirok etish;
  • Attestatsiya, ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda OTMda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o‘rnatish;
  • Bo‘lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi yoki xalqaro loyixalar va OTM hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o`quv va ilmiy markazlari tajribasini o‘rganish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish;
  • OTM reytingini xalqaro darajaga ko‘tarishga qaratilgan chora- tadbirlarni oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;
  • OTM tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlar va treninglar o‘tkazish;
  • O‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig‘i masalalari monitoringini yuritish;
  • OTM Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo‘lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o‘rganish va monitoring natijalari to`g‘risida ma’lumotlar berib borish;
  • Bo‘lim xodimlarining lavozim vazifalari bo‘yicha topshiriqlarni bajarish natijalariga ko‘ra ularni rag‘batlantirish yoki intizomiy chora ko‘rish haqida Inspeksiyaga va OTM rahbariyatga o‘rnatilgan tartibda taklif va tavsiyalar kiritish;
  • Ta’lim sifatini nazorat qilish sohasida bo‘limga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish.
Malaka talablari:
  • Oliy ma’lumotli, ilmiy darajaga yoki ta’lim sohasida muayyan tajribaga (nazariy, tashkilotchilik va boshqaruv qobiliyati jihatidan) ega bo‘lishi;
  • Ta’lim sohasiga oid qonun va qonunosti hujjatlarini, asosiy me’yoriy- huquqiy hujjatlarni bilishi va ularni amalda qo‘llay olishi;
  • Ta’lim muassasalaridagi pedagogik va ta’lim-tarbiya jarayonini bilishi, ta’lim sifatini baholash komponentlaridan xabardor bo‘lishi;
  • OTMning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati xususiyatlarini bilishi;
  • Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik usullarni qo‘llash va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga oid bilimlardan xabardor bo‘lishi;
  • O‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarning mazmun - mohiyatini to‘liq tushunishi, yangi avlod o‘quv adabiyotlarini tayyorlash .
  • OTM professor-o`qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini bilishi;
  • O‘zbek, rus tillarini va xorijiy tillardan birini mukammal bilishi
(shtat birligini shakllantirishda xodimning xorijda malaka oshirganligini inobatga olish maqsadga muvofiq);
  • Ish faoliyatida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni lozim darajada bilishi.