• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!

Markazlar va bo'limlar

Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi

Bobomurodov Samariddin Badriddinovich

E-pochta: sbobomurodov2022@gmail.com
Telefon raqam: +998 95 324-24-19
Fax: +998 95 324-24-19
Manzil: Samarqand sh, Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Qabul kunlari: Dushanba–Shanba soat 8:00 dan 16:00 gacha

Vazifalari

Bo'limning vazifalari

Quyidagilar bo’limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Institutda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;

Instituttda «Korrupsiyasiz soha» loyihasini institut miqyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash;

Institutda  korrupsiyaga  qarshi  kurash «Komplaens  nazorat»  tizimini joriy  etish  va uni  amalga  oshirish;

Institutda  korrupsiyaga  oid xavf-xatarlar  yuqori  bo’lgan yo’nalishlar  hamda  korrupsiyaga oid  huquqbuzarliklar  sodir  etilishining sabab  va shart-sharoitlarini  aniqlash;

Institutda  korrupsiya  ko’rinishlari namoyon  bo’lishiga  olib  keladigan tizimli  muammolar  va  ularni bartaraf  etish  bo’yicha  tegishli  takliflarni  kiritgan  holda  axborot berib  borish;

Institutda  korrupsiyaga  oid  huquqbuzarliklarning  sabab  va  shart-sharoitlarini  bartaraf  etish  hamda  korrupsiyaga qarshi  kurashish  choralarining  samaradorligini  oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini ta’minlash;

Institutda korrupsiyaga  qarshi  kurashishga yo’naltirilgan  jamoatchilik  nazoratini  muvofiqlashtirib  borish, shuningdek  zamonaviy  usullar  va  axborot-kommunikasiya  texnologiyalari  asosida korrupsiyaga  qarshi  monitoring  olib  borish;

korrupsiyaga  qarshi  kurashish  va  jamoat  nazorati  sohasida  umum  e’tirof  etilgan  xalqaro  standartlar  va  xorijning  ijobiy  tajribasini  o’rganish  hamda  ilg’or  jihatlarni  tatbiq  etish  bo’yicha  takliflar  ishlab  chiqish;

Institutda  korrupsiyaning  holati,  tendensiyalari   va  sabablari  hamda korrupsiyaga  qarshi  choralar ko’rishning  samaradorligi  yuzasidan  sosiologik,  ilmiy  va  boshqa  tadqiqotlarni  tashkil  etish  va takliflar  ishlab  chiqish;

Institut  huzuridagi   akademik  litseyning korrupsiyaga  qarshi  kurashish yo’nalishidagi  faoliyatini muvofiqlashtirish.

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining ro‘yxati tasdiqlandi

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi” to‘g‘risidagi qonuni: (https://lex.uz/docs/6952742)

  •  davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga;
  •  davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga;
  •  davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga tatbiq etilishi belgilangan.

Davlat rahbarining PQ-210-son qarori (https://lex.uz/en/docs/-6954264?otherlang=) ijrosini ta’minlash maqsadida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq ro‘yxati tasdiqlandi (https://t.me/antikor_uzb/3105).

Davlat organlari va tashkilotlari qonunchilikka muvofiq qayta tashkil etilgan, nomi o‘zgargan yoki yangidan tashkil qilingan taqdirda, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasida maxsus vakolatli organ — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Ro'yxatga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritib boriladi.

Yuqoridagi infografikalar orqali to’liq ro‘yxat bilan tanishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun joriy yilning dekabr oyidan boshlab kuchga kiradi.