Psixologik markaz

Butayeva Umida Alibayevna
Vazifalari
🎯 Markaz maqsadi
Psixologik markaz O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Psixologiya kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi talabalar va pedagoglar uchun sog‘lom ijtimoiy-ruhiy muhit yaratish, psixologik muammolarni erta aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
🧠 Asosiy yo‘nalishlar
Talabalarga psixologik yordam: Talabalarda uchraydigan turli ruhiy qiyinchiliklarni aniqlash va ularga professional yordam ko‘rsatish.
Maktab o‘qituvchilari uchun diagnostika: Pedagogik qobiliyatni baholash, shaxsiy salohiyatni rivojlantirishga doir individual va guruhiy tahlil.
Psixologik kurslar: Psixologiya sohasiga qiziqayotganlar va psixologiya yo‘nalishi talabalari uchun maxsus kurslar tashkil etilgan. Kurs yakunida ishtirokchilarga sertifikat beriladi.
👩🏫🧑🏫 Faoliyat yo‘nalishlari
— Individual va guruhiy tahlil
— Diagnostik testlar va tahlillar
— Trening va seminarlar
— O‘quv-ilmiy tadqiqotlar
— Kasbiy rivojlantirish kurslari
🗓 Tashkil topgan sana: 1-mart 2025-yil
🏫 Joylashuvi: O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti bosh binosida
👥 Xodimlar soni: Markaz rahbari va 6 nafar mutaxassis
📸 Markaz hayotidan lavhalar