• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
  • Kirish

Markazlar va bo'limlar

Magistratura bo‘limi

Tog'ayev Nodirjon Ergashevich

E-pochta: togaevnodirjon@gmail.com
Telefon raqam: +998 93 346-17-75
Fax: +998 93 346-17-75
Manzil: Samarqand sh, Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Qabul kunlari: Dushanba–Shanba soat 8:00 dan 16:00 gacha

Vazifalari

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida mavjud magistratura mutaxassisliklari:
70110601 – Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika)
70110602 – Ta’limda axborot texnologiyalari
70110901 – Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (Biologiya)
70110801 – Aniq va tabiiy fanlarni oʽqitish metodikasi (kimyo)
70111001 – Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (geografiya)
70112201 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi
70111101 – Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (tarix)
70111401 – O‘zbek tili va adabiyoti
70111202 – Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi
70111301 – Musiqa ta’limi va san’at
70110101 – Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo’yicha)
70110501 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
70110201 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim).
 
Magistratura bo‘limining vazifalari:
• O‘zbekiston Respublikasining magistratura ta’limiga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar  Mahkamasining Qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xatlarining fakultetlar, kafedralar, boʽlimlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan qarorlar mazmunini magistrantlarga yetkazib borish;
• Magistratura mutaxassisliklari uchun zaruriy normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, kadrlar buyurtmachilari talab va takliflari asosida ularni muntazam takomillashtirib borish;
• Institut bilan korxona, tashkilot, xususiy korxona va firmalar o‘rtasida yo‘nalishlar bo‘yicha manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borish;
• Institut barcha bo‘linmalarining magistrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
• Magistrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga ko‘maklashish;
• Magistrantlarga taqdim etilayotgan ta’lim va o‘qitish sifatini nazorat qilish;
• Magistraturada pedagogik faoliyatga jalb etiladigan o‘qituvchilarga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishlarini nazorat qilish, ularni ijtimoiy-kasbiy va shaxsiy faolligini oshirish;
• Magistraturada mavjud holatni tizimli ravishda tahlil qilish, muammoli holatlarni aniqlash, magistraturani rivojlantirish tendensiyalari bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash;
• Magistrlarni kelgusida ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish;
• Magistrantlarning ilmiy-pedagogik, ilmiy-tadqiqot va magistrlik dissertasiyasini tayyorlash bo‘yicha faoliyatini “Magistratura to‘g‘risida” Nizomga muvofiq magistrantlarning kalendar ish rejasiga binoan amalga oshirilishini nazorat qilish;
• Magistrlar tayyorlash masalalarini tahlil qilish va ular yuzasidan muntazam ravishda hisobotlar tayyorlashni ta’minlash;
• YaDA sinovlari va magistrlik dissertasiyasi himoyalarining samarali tashkil etishini ta’minlash.