Sayt test rejimda ishlamoqda !!!
  • Kirish

Markazlar va bo'limlar

Magistratura bo‘limi

Tog‘ayev Nodirjon Ergashevich

Magistratura bo‘limi boshlig'i
E-pochta: togaevnodirjon@gmail.com
Telefon raqam: +998 (93) 346-17-75
Fax: +998 (93) 346-17-75
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Qabul kunlari: Seshanba, juma kunlari 14:00 dan 16:00 gacha

Vazifalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-sonli qaroriga ko‘ra Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti negizida O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti tashkil etildi. Dastlab institutga 14 ta mutaxassislik bo‘yicha 150 nafar magistrant o‘qishga qabul qilingan. Institutnind dastlabki magistr bitiruvchilari o‘qishni muvafaqqiyatli tugatib, hozirda o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha MTT, maktablar, oliy o‘quv yurtlari hamda boshqa tashkilotlarda ish faoliyatini olib bormoqda.
2021-2023-yillar davomida bo‘lim boshlig‘i biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dots. N.A.Ruziqulova faoliyat olib borgan. Hozirgi vaqtda esa bo‘lim boshlig‘i sifatida falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dots. N.E.Tog‘ayev faoliyat olib bormoqda.
Hozirgi kunda institutda 13 ta mutaxassislik boyicha I-bosqichida 102 nafar II-bosqichida 9 nafar jami 111 nafar magistrant ta’lim olmoqda. Mutaxassislik fanlaridan darslarni o‘tishda va magistrlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilish uchun institutning tajribali professor-oqituvchilari jalb etilgan. Bundan tashqari, magistrantlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish, hozirgi vaqtdagi dolzarb masalalarga bagishlangan mavzularda magistrlik dissertatsiyalari ustida ish olib borish, konferensiyalarga faol ishtirokini ta’minlash, ilmiy tadqiqotlari natijalar asosida ilmiy maqolalar chop etish masalalariga ham alohida e’tibor berilmoqda.
Mutaxassisliklar:
70110601-Aniq va tabiiy fanlarni oqitish metodikasi (matematika)
70110602- Ta’limda axborot texnologiyalari
70110901-Aniq va tabiiy fanlarni oqitish metodikasi (Biologiya)
70110801-Aniq va tabiiy fanlarni oʽqitish metodikasi (kimyo)
70111001-Aniq va tabiiy fanlarni oqitish metodikasi (geografiya)
70112201-Jismoniy tarbiya va sport mashgulotlari nazariyasi va metodikasi
70111101–Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oqitish metodikasi (tarix)
70111401-Ozbek tili va adabiyoti
70111202-Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi
70111301-Musiqa ta’limi va san’at
70110101–Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo’yicha)
70110501–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlangich ta’lim)
70110201–Talim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim).
 
Magistratura bo‘limining vazifalari:
  • O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, fakultetlar, kafedralar, boʽlimlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini magistrantlarga yetkazib borish;
  • Magistratura mutaxassisliklari uchun zaruriy normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, kadrlar buyurtmachilari talab va takliflari asosida ularni muntazam takomillashtirib borish;
  • Institut bilan korxona, tashkilot, xususiy korxona va firmalar o‘rtasida yo‘nalish bo‘yicha manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borish;
  • Institut barcha bo‘linmalarining magistrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
  • Magistrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga ko‘maklashish;
  • Magistrantlarga taqdim etilayotgan ta’lim va o‘qitish sifatini nazorat qilish;
  • Magistraturada pedagogik faoliyatga jalb etiladigan o‘qituvchilarga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishlarini nazorat qilish, ularni ijtimoiy-kasbiy va shaxsiy faolligini oshirish;
  • Magistraturada mavjud holatni tizimli ravishda tahlil qilish, muammoli holatlarni aniqlash, magistraturani rivojlantirish tendensiyalari bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash;
  • Magistrlarni kelgusida ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish;
  • Magistrantlarning ilmiy-pedagogik, ilmiy-tadqiqot va magistrlik dissertasiyasini tayyorlash bo‘yicha faoliyatini “Magistratura to‘g‘risida” Nizomga muvofiq magistrantlarning kalendar ish rejasiga binoan amalga oshirilishini nazorat qilish;
  • Magistrlar tayyorlash masalalarini tahlil qilish va ular yuzasidan muntazam ravishda hisobotlar tayyorlashni ta’minlash;
  • YaDA sinovlari va magistrlik dissertasiyasi himoyalarining samarali tashkil etishini ta’minlash.