• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
  • Kirish

Markazlar va bo'limlar

Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi

Ismoilov Alisher Sidikovich

E-pochta: alisher_8778@mail.ru
Telefon raqam: +998 66 222-69-27
Fax: +998 66 222-69-27
Manzil: Samarqand sh, Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Qabul kunlari: Dushanba–Shanba soat 8:00 dan 16:00 gacha

Vazifalari

• O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim - tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilik shaklida tashkil etish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash ishlarining tartiblarini belgilash;
• Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalar, ilm-fan va ta’lim jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining oliy ta’lim sohasiga oid qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruqlari, qarorlari, me’yoriy hujjatlari va uslubiy ko‘rsatmalarining ijro etilishini, shuningdek, institut rektori buyruqlari, qarorlari va ko‘rsatmalarining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
• Tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka Davlat buyurtmasiga muvofiq oliy ma’lumotli va oliy o‘quv yurtining magistratura bosqichini tamomlagan, OTM, ilmiy tekshirish institutlari tomonidan yuborilgan talabgorlar tanlov asosida qabul qilish;
• mamlakat ilm-fani taraqqiyotini yanada rivojlashtirish maqsadida Respublika iqtisodiyotini ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni yo‘lga qo‘yib, falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc)larni tayyorlash orqali O’zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida ilmiy salohiyatni yuksaltirish;
• institut professor-o‘qituvchilari tomonidan kunning ikkinchi yarmida kafedralarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish va ish yurituvchi hujjatlarning to‘g‘ri olib borilishini nazorat qilib borish;
• fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar, innovatsion loyihalar tanlovlarida professor-o‘qituvchilarning ishtirok etish uchun yil davomida fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, yetakchi professor-o‘qituvchilar va yosh olimlar bilan hamkorlikda ishlash;
• tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarni qabul qilish rejasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan dastur asosida tuzish;
• tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarning doktorlik dissertatsiyasi mavzularini respublika iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladigan fundamental va amaliy,  innovatsion loyihalar hamda xo‘jalik shartnomasi bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy loyihalar yo‘nalishlariga mos bo‘lishini ta’minlash;
• tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarning yillik ish rejalari asosida attestatsiyadan o‘z vaqtida o‘tishlarini ta’minlash;
• professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilar tomonidan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-texnik ishlanmalarni bajarish va ularning natijalarini amaliyotga joriy etish ishlarida ko‘maklashish;
• tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilar uchun ilmiy seminarlar va o‘quv-treninglar tashkil qilish;
• O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilar  uchun malakaviy imtihon topshiriladigan fanlardan o‘quv mashg‘ulotlarini reja asosida tashkil etish;
• yosh olimlar uchun ilmiy mavzulari bo‘yicha mo‘ljallangan ixtiro va tuziladigan EHM dasturlariga me’yoriy hujjatlar olishlari uchun sharoitlar yaratish;
• yosh olimlarni ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha chet el yetakchi oliy o‘quv yurtlari, ilmiy markazlari va ishlab chiqarish korxonalariga stajirovka va xizmat safariga yuborishni tashkil qilish.