Markazlar va bo'limlar

Yuristkonsul

Abdurasulov Baxtiyor Ikromovich

E-pochta: yuristkonsul.uzfi@gmail.com
Telefon raqam: +998 66 222-69-27
Fax: +998 66 222-69-27
Manzil: Samarqand sh, Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Qabul kunlari: Dushanba–Shanba soat 8:00 dan 16:00 gacha

Vazifalari

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2017-yil 26-dekabrdagi mazkur 941-sonli buyrug‘iga asosan, institut yuriskonsultining lavozim vazifalari quyidagilardan iborat:
1) Institutda chiqariladigan barcha farmoyish, qaror va buyruq loyihalarini nazoratdan o‘tkazish hamda chiqarilgan har bir farmoyish, qaror va buyruqlarning amaldagi qonun qoidalar asosida to‘g‘ri rasmiylashtirilishini nazorat qilish;
2) Institut bilan boshqa tashkilotlar o‘rtasida tuziladigan shartnomalarning to‘g‘ri tuzilishi va qonuniy tarzda amalga oshirilishini nazorat qilish;
3) professor-o‘qituvchilar va boshqa toifadagi xodimlarga huquqiy maslahatlar berish;
4) Talab etilganda institut hamda professor-o‘qituvchilar va boshqa toifadagi xodimlarning huquqni muhofaza qilish organlari va sud oldida huquqlarini himoya qilish.