• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
  • Kirish

Markazlar va bo'limlar

Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi

Bobomurodov Samariddin Badriddinovich

E-pochta: sbobomurodov2022@gmail.com
Telefon raqam: +998 95 324-24-19
Fax: +998 95 324-24-19
Manzil: Samarqand sh, Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Qabul kunlari: Dushanba–Shanba soat 8:00 dan 16:00 gacha

Vazifalari

  • O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida korrupsiyaga qarshi kurash “Komplaens nazorat” tizimini joriy etish va uni amalga oshirish;
  • institutda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;
  • O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida korrupsiyaga oid havf-xatarlar yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar hamda korrupsiyaga doir huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;
  • institutda korrupsiya ko‘rinishlari namoyon bo‘lishiga olib keladigan tizimli muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflarni kiritgan holda axborot berib borish;
  • institutda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini ta’minlash;
  • O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida korrupsiyaga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirib borish. Shuningdek zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish;
  • korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoat nazorati sohasida umume’tirof etilgan xalqaro standartlar va xorijning ijobiy tajribasini o‘rganish hamda ilg‘or jihatlarni tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar ko‘rishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etish va takliflar ishlab chiqish;
  • Oliy ta’lim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini institut miqyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash;
  • institutda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar va qonunosti hujjatlar, shuningdek, Vazirlik Hay’ati qarorlari va buyruqlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
  • O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida korrupsiyaviy havf-xatarlarni baholaydi va ularni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi;
  • institutda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida kabul kilinayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini baholaydi;
  • oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari, ota-onalar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;